+998 71 200 02 35

HUDUDIY FILIALLAR FAOLIYATI OʻRGANILMOQDA

01.12.2023 999

Yuristlar malakasini oshirish markazi ishchi guruhi tomonidan  Adliya vazirligi hayʼat qarorida belgilangan vazifaning ijrosini taʼminlash maqsadida,  Markaz hududiy filiallariga chiqqan holda  amaliy yordam koʻrsatilmoqda.

Joriy yilning 30-noyabr kuni Markaz direktor oʻrinbosari K.Islamov va Markaz masʼul xodimi O.Tohirov tomonidan

Yuristlar malakasini oshirish markazi Jizzax viloyati hududiy filiali faoliyati oʻrganilib chiqildi.  

Filial masʼullariga yetarli shart-sharoitlar yaratib berish va ularning muammolariga oʻz vaqtida yechim topish  zarur  vazifalardan sanaladi. Qish mavsumiga tayyorgarlik holati koʻzdan kechirildi. 

Shu bilan birga, hududda huquqni qoʻllash amaliyotidagi mavjud muammolardan kelib chiqib, tashkil etilishi lozim boʻlgan yangi mavzulardagi kurslar boʻyicha tegishli tashkilot masʼul xodimlarining takliflari olindi va ular bilan fikr almashildi.