+998 71 200 02 35

Hamkorlik Memorandumi Imzolandi

02.05.2025 344

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi va Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti o‘rtasida ta’lim hamda ilmiy sohalardagi strategik hamkorlikni kuchaytirish maqsadida memorandum imzolandi.

Ushbu hujjat zamonaviy talablar asosida kadrlar tayyorlash, malaka oshirish, favqulodda vaziyatlar tizimidagi huquqiy faoliyatni takomillashtirishga qaratilgan.

Memorandum doirasidagi hamkorlik yo‘nalishlari:

• O‘quv dasturlarini ishlab chiqish va masofaviy ta’limni rivojlantirish

• Ilmiy tadbirlar va seminarlarni birgalikda tashkil etish

• Ilmiy-tadqiqot va axborot-resurs bazasini boyitish

Tomonlar kelgusida davlat idoralari va huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda malakali yuridik va favqulodda vaziyatlar sohasi mutaxassislarini tayyorlashni rejalashtirmoqda.