+998 71 200 02 35

Hamkorlik e’tirofi

13.01.2026 104

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining tashkil etilganiga 30 yil to‘lishi munosabati bilan Konstitutsiyaviy sud raisining o‘rinbosari Asqar G‘afurov tomonidan Institut direktori Yesemurat Kanyazovga maxsus nishon tantanali ravishda topshirildi.

Mazkur nishon O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi va Institut o‘rtasida yillar davomida shakllangan samarali hamkorlik, konstitutsiyaviylikni mustahkamlash, huquqiy bilim va huquqiy madaniyatni yuksaltirish yo‘lidagi qo‘shma sa’y-harakatlarga bildirilgan chuqur minnatdorlik ramzi hisoblanadi.

Ushbu e’tirof ikki tashkilot o‘rtasidagi o‘zaro ishonch, ilmiy-amaliy hamkorlik va umumiy maqsadlar yo‘lida olib borilayotgan izchil ishlarning natijasidir.

Kelgusida ham mazkur hamkorlik konstitutsiyaviy islohatlar, huquq ustuvorligi va huquqiy davlat tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qilishi shubhasiz.