Joriy yilning 2-may kuni Markaz direktori Y.Kanyazov va K.Adenauer jamg‘armasining O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi mintaqaviy rahbari A.Algermissen o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvdan maqsad — Markaz va K.Adenauer jamg‘armasi rahbariyati o‘rtasida tanishuv uchrashuvini tashkil etish hamda Yuristlar malakasini oshirish markazi bilan hamkorlikning maqbul yo‘nalishlari bo‘yicha istiqboldagi masalalarni muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.