+998 71 200 02 35

“Gender tenglik va xotin-qizlar huquqlarini himoya qilishdagi dolzarb masalalar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

22.08.2024 1284

Bugun Yuristlar malakasini oshirish markazi hamda Yuqori Chirchiq tumani hokimligi hamkorligida “Gender tenglik va xotin-qizlar huquqlarini himoya qilishdagi dolzarb masalalar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumanidagi Adliya bo'limi boshlig'i Muzaffar Islomov, tuman xotin-qizlar bo'limi boshlig'i Makpal Aytmatova, bo'lim boshlig'i Ikrom Bekniyezov, “Xususiy-huquqiy fanlar” kafedrasi mudiri, dotsent Sevarxon Maripova, shuningdek, tumandagi 50 ta mahallalarining xotin qizlar faollari, tuman xotin-qizlar bo'limi xodimlari hamda Yuristlar malakasini oshirish markazi professor-o‘qituvchilar va xodimlari ishtirok etishdi.

Mazkur tadbir asosiy ma’ruzalar, muhokamalar, erkin fikr almashish, tadbir ishtirokchilarining nazariy va amaliy ishlanmalari bilan tanishish tarzida olib borildi. Tadbir yakunida gender tenglikka erishishda barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish, xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olishda davlat va fuqarolik institutlarining hamkorligini mustahkamlash, oilalardagi ma’naviy-axloqiy muhitni yaxshilash va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.