Fuqarolar yig‘inlari raislari saylovi jamiyatning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining muhim institutsional jihatlaridan biridir. Saylov jarayoni demokratik tamoyillarga asoslanishi va qonunchilik talablari asosida tashkil etilishi zarur.
O‘zbekiston mahallalari uyushmasi va Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi hamkorligida fuqarolar yig‘inlari raislari saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi hududiy komissiya a'zolari uchun "Fuqarolar yig‘ini saylovi qonunchiligi talablarining mazmun-mohiyati" mavzusida seminar tashkil etildi.
Seminar davomida Yuristlar malakasini oshirish markazi dotsenti M.Nasullayev va Markaz katta o'qituvchisi Z.Raxmonovlar ishtirok etib, seminar ishtirokchilariga fuqarolar yig‘inlari raislari saylovini tashkil etish va o‘tkazish jarayonida qonunchilik talablariga rioya qilish, shuningdek saylov tartibi va qoidalari to‘g‘risida batafsil ma'lumotlar berishdi.
Seminar davomida berilgan bilimlar va tavsiyalar saylov jarayonini yanada sifatli va samarali tashkil etilishiga xizmat qiladi.