+998 71 200 02 35

FHDYo xodimlari malaka oshirmoqda

21.11.2019 5484

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 iyuldagi “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 498-son qarori bilan tasdiqlangan “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari to‘g‘risida Nizom” ga asosan FHDYo bo‘limlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidan chiqarilib, tumanlar (shaharlar) hokimliklari tasarrufiga o‘tkazilgandi. Endilikda bu tizim xokimliklarning yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2018 yil 12 iyundagi PQ-3785-son qaroriga muvofiq fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida, bu organlarning faoliyati tubdan isloh qilindi.

FHDYo organlari xodimlarini kelajakda zamon talablari asosida qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markaziga qaytadan yuklatildi.

2019 yilning noyabr oyidan boshlab FHDYo xodimlarining ilk guruhi uchun malaka oshirish kurslari tashkil etilib, Markaz professor-o‘qituvchilari o‘z bilim hamda tajribalarini ushbu soha vakillariga yetkazmoqdalar. Kelajakda barcha FXDYo xodimlarini Markazda o‘qitish hamda malakasini oshirish rejalashtirilgan.

12 noyabr kuni FHDYo xodimlari guruhlari bilan ushbu sohaning mutaxassisi - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limi bosh mutaxassisi Axmedova Zamira Nazarovnaning uchrashuvi tashkil qilindi.

Uchrashuvda FHDYo bo‘limi xodimlari guruhi tinglovchilari o‘z faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, faoliyatda mavjud bo‘lib turgan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar oldilar, shuningdek tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bo‘yicha mutaxassis fikri  bilan almashdidilar.

Uchrashuv so‘nggida FXDYo xodimlari o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, Markaz professor-o‘qituvchilariga minnatdorchilik bildirdilar.