9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan, adliya tizimida fidokorona xizmat olib borgan faxriylarimizga hurmat va e’tibor ko‘rsatish maqsadida Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida uch avlod uchrashuvi tashkil etildi.
Tadbirda adliya sohasi hamda malaka oshirish tizimida ko‘p yillar davomida samarali faoliyat olib borgan faxriylar — Saidov Shakir Kamalovich, Ayubov Ulug‘bek To‘laganovich, Inamjanova Gulnora Soataliyevna, Ortiqova Mukarram Norovnalar ishtirok etishdi.
Faxriylar institut jamoasi, ayniqsa yosh xodimlar bilan ochiq muloqot shaklida suhbat olib borib, o‘zlarining mehnat faoliyati, kasbiy yutuqlari, hayotiy tajribalari va ustoz-shogirdlik an’analari bo‘yicha foydali tavsiyalar berdilar.