Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan Fargʻona viloyati va tuman (shahar) hokimliklari rahbar va xodimlarining korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar toʻqnashuvi borasidagi huquqiy bilimlarini oshirish boʻyicha oʻquv seminarlari boshlandi.
Jumladan, joriy yilning 27,28-mart kunlari Fargʻona viloyati Uchko'prik, Rishton hamda Oltiariq tumani hokimliklari xodimlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha seminarlar boʻlib oʻtdi.