+998 71 200 02 35

Adliya organlari xodimlaridan iborat Institut tinglovchilari uchun Polsha Respublikasida qisqa muddatli malaka oshirish kurslari (stajirovka) tashkil etilmoqda.

16.09.2025 2641

2025-yil 13-21-sentyabr kunlari Adliya organlari xodimlaridan iborat Institut tinglovchilari uchun Polsha Respublikasida qisqa muddatli malaka oshirish kurslari (stajirovka) tashkil etilmoqda.

Stajirovkaga Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti direktori Yesemurat Kanyazov boshchilik qilmoqda.

Dastur doirasida Polsha Politsiyasi sud ekspertizasi laboratoriyasida Institut tinglovchilari uchun tanishuv amaliyoti tashkil etildi. Unda xodimlar sud ekspertizasi jarayonlari, zamonaviy metodika va uskunalar, xalqaro tajribalar bilan yaqindan tanishdilar.

Mazkur amaliyot adliya tizimi xodimlarining kasbiy malakasini oshirish, xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va ilg‘or tajribalarni amaliyotga joriy etishga xizmat qiladi.