Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan Chirchiq davlat pedagogika universitetida saylov jarayoni ishtirokchilariga saylov institutining mavqeyi, saylovga doir qonunchilik hujatlarining mohiyatini tushuntirishga qaratilgan davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida 27-oktabr kuni bo'lib o'tadigan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovining ahamiyati, saylov kampaniyasini ochiq va oshkora olib borishning asosiy mezonlari, saylov qonunchiligiga kiritilgan so‘nggi o‘zgartish va qo‘shimchalar mazmun-mohiyati haqida batafsil ma'lumotlar berildi.
O‘zaro muloqot va fikr almashish shaklida o‘tkazilgan tadbirda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob olishdi.