+998 71 200 02 35

Byudjet sohasini tartibga solishning makroiqtisodiy tendensiyalari va iqtisodiyot uchun uning oqibatlari: ekonometrik yondashuv

22.12.2025 151

Byudjet – soliqni tartibga solish davlat institutlarini samarali faoliyat yuritishlari, aholini ijtimoiy himoya qilinmagan qatlamini qo‘llab-quvvatlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratishdan boshlab, mahsulotni ishlab chiqarish, iste’mol qilish va tashqi iqtisodiy faoliyatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir o‘tkazish orqali iqtisodiyotga to‘liq ta’sir o‘tkazishga katta imkoniyatlar yaratib beradi. Shu bilan birga, ortiqcha soliq yukining iqtisodiyotning tarmoqlari va sektorlari bo‘yicha noteks taqsimlanishi iqtisodiy taraqqiyotning o‘sish sur’atlarini sezilarli pasayishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ham keyingi yillarda byudjetning daromadlari va xarajatlari qismi dinamikasi tendensiyasi, shuningdek ularning barqarorlik darajasi indikatorlari, iqtisodiy o‘sish faolligi va tashqi iqtisodiy faoliyat ko‘rsatkichlari bilan o‘zaro aloqalarini tahlil qilish vazifasi dolzarb hisoblanadi.

Byudjet daromadlari va xarajatlari qismi dinamikasining asosiy xususiyati – hisoblash uchun boshlang‘ich ma’lumotlar sifatida nominal ko‘rinishda qiymat ko‘rsatkichlaridan foydalanilgan holda, ularning o‘sish sur’atlarining qisqarishi tendensiyasidir. Agar tahlil qilinayotgan hisobot davri boshida ular 50-55%ni tashkil etgan bo‘lsa, 2004 yilga kelib tahminan 20 %gacha pasaygan (1 rasmga qarang). Soliq stavkalarining pasayishi, davlat harajatlarini alohida turlarini jismoniy qisqarishi bilan bir qatorda, bu yerda byudjet parametrlari o‘sish sur’atlarini pasayishini taxminan inflyatsiya darajasi pasayishi sur’atlariga mos kelishi (YaIM deflyatori) natijasida baho omili muhim rol o‘ynadi. YaIM deflyatori bilan korrelyatsiya darajasi byudjetning daromad qismi uchun 0,89 va xarajat qismi uchun 0,86ni tashkil etdi.

YaIM deflyatori va byudjetning daromad va xarajat qismi o‘sishini nominal sur’atlarini taqqoslash (3 rasmga qarang), shuningdek, keyingi sakkiz yilda daromadlar va harajatlarni real hisoblaganda o‘zgarmaganligini (yoki kichik qisqarishi) haqida xulosa chiqarishga imkoniyat beradi.

Huddi shunday tendensiya kichik darajada bo‘lsada YaIMga nisbatan foizlarda aks etgan byudjet indikatorlari dinamikasi uchun ham xosdir. Byudjet daromadlari bo‘yicha keyingi 5-6 yilda hukumat

byudjetiga nisbatan (YaIMga nisbatan foizda) qisqarishida ya’ni 1988 yilda 35%dan 2003-2004 yillarda 25%gacha kamaygan barqaror tendensiya shakllandi (2 rasmga qarang). Soliq yukini qisqarishi, shuningdek, iqtisodiyotni erkinlashtirish nuqtai nazaridan bunday tendensiyani ijobiy deb hisoblash mumkin. Biroq, barcha soliqlarni, byudjetdan tashqari fondlarga to‘lovlar va kelib tushmagan tushumlar summasini qo‘shib hisoblaganda (hisoblangan biroq to‘lanmagan soliqlar) umumiylashtirilgan byudjet miqdori keyingi yillarda yuqori darajada saqlangan va bizning bahomizga ko‘ra YaIMni 42-47% darajasida o‘zgarib turgan. Bu esa, iqtisodiyotga1 soliq yuki darajasining yuqori bo‘lishidan dalolat beradi va korxonalarni moliyaviy nobarqarorligi noto‘lovlar xatarini oshiradi.

Byudjetning daromadlari tarkibi dinamikasi xususiyatida, avval bo‘lganidek, to‘g‘ri soliqlar ulushining pasayishi va egri soliqlar ulushini o‘sishi tendensiyasi saqlanib qoldi. Ushbu xulosa 2 – rasm tahlilidan kelib chiqadi. Agar egri soliqlar ulushi YaIMga nisbatan foiz hisobida 2001 yildan boshlab asosan o‘zgarmagan bo‘lsa, to‘g‘ri soliqlar ulushi sezilarli pasaygan. Daromadlar

1 Iqtisodiyotga soliq yuki optimal darajasi muammolarini asoslash S.Chepelning “O‘zbekiston iqtisodiyoti» choraklar bo‘yicha analitik tahlil nashrining 2004 yil 7 sonidagi “Iqtisodiy o‘sish: byudjet-soliq siyosati va miqdoriy tahlil natijalari» maqolasida chuqur va atroflicha muhokama qilingan.

BYUDJET SOHASINI TARTIBGA SOLISHNING MAKROIQTISODIY TENDESIYALARI VA OQIBATLARI

tarkibida qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) va boshqa egri soliqlar ulushini oshganligini bildiradi. Bu esa o‘z navbatida har bir texnologik bosqichda mahsulot tannarxi va bahosini oshirib, uning sezilarli darajada qimmatlashuvi, raqobatbardoshligini pasayishi va boshqa salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari bunday tendensiya to‘g‘ri va soliqlarning asosini foydadan soliq va daromad solig‘i tashkil etganligi tarmoqlar real sektorini moliyaviy holatini yomonlashuviga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bunday tendensiya YaIM o‘sish sur’atlari yuqori bo‘lgan mamlaktlarga nisbatan ancha farq qiladi (Malayziya, Tailand, Janubiy Koreya). Ularda byudjet tushumlarining asosiy manbai to‘g‘ri soliqlar hisoblanadi va byudjet daromadlari miqdori 90 yillarda YaIMda 15%dan 20% oraliqni tashkil etdi.

Davlatni nisbiy daromadlari qisqarishiga mos ravishda byudjet xarajatlari ham qisqardi. Bu esa byudjet kamomadini bir foiz atrofida bo‘lishini ta’minladi. Kamomadning past bo‘lishi esa inflyatsiya sur’atlari pasayishining asosiy omillaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Boshqa tomondan esa, byudjet xarajatlarining nisbatan qisqarishi tendensiyasiga erishishning sharti hisoblangan inson kapitaliga ta’lim darajasi va mehnat resurslarini malakasini oshirish maqsadida mablag‘lar jalb qilish milliy iqtisodiyotni raqobatbardoshligini oshirish vazifasini hal qilishni qiyinlashtiradi.

Byudjetning daromad va xarajat qismlari choraklar bo‘yicha o‘sish sur’atlari dinamikasi ma’lum nobarqarorlik darajasi bilan ajralib turadi (3,4 – rasmlarga qarang). Masalan, 1997 – 2004 yillarda daromad solig‘i o‘sish sur’atlari 10%dan 100%ga, aksizlar 0%dan 400%gacha o‘zgarib turdi. To‘g‘ri soliqlar dinamikasi nobarqarorligi darajasi (3 rasmning chap qismi), egri soliqlarga (o‘ng qismi) nisbatan yuqori bo‘lib, xususan, 1998 yil o‘rtalaridan yanada ortgan. Bunda byudjetning daromadlari va xarajatlari o‘sish sur’atlaridagi pasayish va o‘zgarishlari mavsumiy xarakter kasb etmaydi, balki iqtisodiyotning turli sektorlarida moliyaviy holat va byudjet-soliq siyosatining qonuniy asoslaridagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq.

QQS aksizlar resurs to'lovlari egri soliqlar

Manba– O‘zbekiston iqtisodiyoti choraklik nashri ma’lumotlari asosida muallif hisob-kitoblari

BYUDJET SOHASINI TARTIBGA SOLISHNING MAKROIQTISODIY TENDESIYALARI VA OQIBATLARI

Byudjetning xarajatlar qismi ko‘rsatkichlarida ham 1996 – 2004 yillarda (4 – rasm) nobarqaror dinamika ko‘zga tashlanadi. Yuqori darajada tafovut davlat boshqaruvi va davlat investitsiyasi xarajatlari o‘sish sur’atlariga taalluqli bo‘ldi.

Byudjetni daromad va xarajatlar qismi parametrlari choraklik dinamikasini ekonometrik tahlili2 ular o‘rtasida yaqin statistik – ahamiyatli bog‘lanish mavjudligini ko‘rsatdi. Byudjet xarajatlarini asosiy moddalarini byudjet umumiy daromadlari dinamikasi bilan bog‘liq bo‘lgan tebranish ulushi davlat investitsiyasi xarajatlari uchun 54%, davlat boshqaruv tashkilotlari xarajatlari uchun 75% oraliqni tashkil etadi.

O‘z navbatida hisobot davrida byudjet daromadlari dinamikasi ma’lum darajada YaIM dinamikasi, ish haqi darajasi, eksport va iqtisodiy faollikning boshqa inndikatorlari ta’siri ostida shakllandi. Jumladan, hisobot davrida egri soliqlar dinamikasini 63% tebranishi YaIM dinamikasi va QQS stavkasini o‘zgarishlariga to‘g‘ri keldi. Pirovardida ijtimoiy ehtiyojlarga va davlat institutlarini mustahkamlashga sarf qilingan xarajatlar o‘sishining asosiy sharti iqtisodiy o‘sishni barqarorligini ta’minlash va uning sifatini oshirish hisoblanadi.

Manba– O‘zbekiston iqtisodiyoti choraklik nashri ma’lumotlari asosida muallif hisob-kitoblari

Jahon tajribasidan ma’lumki, iqtisodiy o‘sishni jadallashtirishning asosiy jihatlaridan biri o‘z biznesini rivojlantirishga investitsiya jalb qiluvchi asosiy tovar ishlab chiqaruvchilarga yangi ish o‘rinlarini yaratish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va innovatsiyani amalga oshirishga to‘sqinlik qilmaydigan soliqlar yukining pastligi hisoblanadi. Yuqorida ta’kidlanganidek, keyingi yillarda shakllangan soliqlar yukki darajasi ushbu talablarga javob bermaydi, shuning uchun ham hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Xukumati uni pasaytirish vazifasini qo‘ymoqda.

Biroq bu yerda birinchi navbatda qaysi soliq stavkalarini ko‘rib chiqish va ushbu o‘zgarishlar makroiqtisodiy holatda qanday namoyon bo‘lishi kabi murakkab muammolar vujudga keladi. Haqiqatan ham, turli soliq turlari bo‘yicha soliq yukini bir xilda kamaytirilganida bir-biridan tubdan farq qiladigan makroiqtisodiy oqibatlarga olib keladi. Pirovardida yangi soliq tizmini variantlarini ishlab chiqish jarayonida YaIM dinamikasi va boshqa o‘sish indikatorlari va soliq yuki parametrlari o‘zgarishiga iqtisodiy faollikni ta’sirini baholash soliq tizimini isloh qilishning zaruriy sharti hisoblanadi. Quyida ushbu muammoning ekonometrik yondashuv asosida olingan tahlillar natijasi ko‘rib chiqilgan (1 jadvalga qarang).

Bir – ikki omilli regression tenglamalar asosida olingan elastiklik koeffitsientini shakllanishi jihatlari bo‘yicha baholashga teginmagan holda, faqat ularning xususiyatlarini ta’kidlaymiz. Bu, avvalombor, tahlil qilinayotgan 16 ta o‘sish va tashqi iqtisodiy faoliyat indikatorlari orasida (YaIM, sanoat, qishloq xo‘jaligi, iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish va hokazaolarning o‘sish sur’atlari) foyda solig‘i bo‘yicha soliq yuki ko‘rsatkichi o‘zgarishiga ta’sirchanligini 6 indikator namoyon qildi. Ushbu soliq undirish turlarini baholash natijalari shundan dalolat beradiki, teng sharoitlarda foyda solig‘idan soliq tushumlari ulushini bir foizga pasayishi (YaIMga nisbatan %da), sanoat mahsulotlari o‘sish suratlarini 2,4 foiz darajaga

2 Sattistik mezon talablari va mantiqiy talablariga javob beruvchi statsionarlikda dastlabki davriy qatorlar tahlili, regressiv tenglamalarni izlash va elastiklik koeffitsientini hisob-kitoblari O‘zR., Iqt. Vaz., SISM ilmiy xodimi Kuznesova T. tomonidan amalga oshirilgan.

BYUDJET SOHASINI TARTIBGA SOLIShNING MAKROIQTISODIY TENDESIYALARI VA OQIBATLARI

oshirishi mumkin. Shuningdek, iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish o‘sish sur’atlari 1,9 foiz darajaga ortadi. Sezilarli qo‘shimcha o‘sishni tayyor mahsulotni eksportidan kutish mumkin (16,1 foiz daraja), pudrat ishlari hajmi va kichik va xususiy biznes miqyoslari sezilarli o‘sadi.

QQS bo‘yicha soliq yukini va soliq to‘lovlarining boshqa turlari bo‘yicha pasaytirish iqtisodiyotga huddi shunday rag‘batlantiruvchi ta’sirini ko‘rsatadi. Shu bilan birga shuni nazarda tutmoq kerakki, 1 jadvalda keltirilgan baholar bir muncha tor ko‘rinishda bo‘ladi, chunki, soliq yuki parametrlari o‘zgarishida vjudga keluvchi javobga nisbatan imkoniyatli to‘g‘ri samarani namoyon qiladi. To‘liq samara yuqorida bayon etilgan natijalardan farq qilishi mumkin, chunki, iqtisodiyotda o‘sish va barqarorlik indikatorlariga ta’sir etuvchi ko‘p sonli egri o‘zaro aloqalar va boshqa omillar (masalan investitsiyalar) mavjud. Masalan, sanoatning QQS bo‘yicha stavkasini pasayishi oqibatida qo‘shimcha o‘sishini oshishi mumkin. Ushbu ikki omil birgalikda band bo‘lganlarning daromadi o‘sishini rag‘batlantiradi, bu esa iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish va talabni oshiradi.

jadval. Elastiklik koeffitsientlari indikatorlarining soliq yuki ko‘rsatkichlari bo‘yicha iqtisodiy faolligi

Soliq yukining ko‘rsatkichlari

Iqtisodiy faollik indikatorlari

Elastiklik koeffitsientlarining ko‘rsatkichlari

1. YaIMda QQSning ulushi

sanoat ishlab chiqarishining o‘sishi eksportning o‘sishi (paxtadan tashqari)

-2.5 -6.4

2. YaIMda aksizlarning ulushi

jami eksportning o‘sishi yo‘lovchi tashishning o‘sishi yuk tashishning o‘sishi

-3.2 -1.8 -2.5

3. YaIMda foyda solig‘iningulushi

sanoat ishlab chiqarishining o‘sishi YaIMda kichik tadbirkorlikning ulushi iste’mol tovarlari ishlab chiqarishning o‘sishi pudrat ishlarining o‘sishi chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishning o‘sishi tayyor mahsulot eksportining o‘sishi.

-2.4-12.2 -1.9-1.6 -2.4 -16.1

4. O‘rtacha ish haqida daromadsolig‘ining ulushi

qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining o‘sishi pudrat ishlarining o‘sishi jami eksportning o‘sishi

-0.7 -0.3 -4.7

Manba: 1997-2004 yillardagi mos indikatorlarning choraklik dinamikasini ekonometrik tahlillari (o‘sish sur’atlari real ko‘rinishda, utgan yilning mos choragiga nisbatan choraklarda).

Izoh: elastiklik koeffitsienti soliq yukining 1 foiz darajaga o‘zgargandagi o‘sish indikatorlarining o‘sgarishini ko‘rsatadi (foiz darajada) (misol – sanoat bo‘yicha 2,5 ko‘rsatkichi, YaIMda QQS ulushining 1 foiz darajaga pasayishi natijasida sanoat ishlab chiqarishining o‘sish sur’atlari 2,5 foiz darajaga o‘sishi mumkin).

Biroq, ushbu va boshqa egri o‘zaro aloqalarni atroflicha hisobga olish maxsus iqtisodiy modellar ishlab chiqishni taqozo etadi. Bu esa ushbu maqola predmeti doirasidan tashqaridadir. Bundan tashqari, shunday holatni e’tiborga olish kerakki, ya’ni, iqtisodiy faollikni rag‘batlantiruvchi omil sifatida soliq yukini pasaytirish o‘zining chegarasiga ega. Shakllangan byudjet xarajatlari darajasini saqlash zaruriyati sharoitida, soliq yukini pasayishi byudjet kamomadi o‘sishini bildiradi. Buning natijasi bo‘lib, o‘z navbatida baholarning qo‘shimcha o‘sishi (inflyatsiya) va inflyatsiyani hisoblamaganda real sur’atlarda o‘lchanadigan indikatorlar o‘sishini mos ravishda pasayishi sodir bo‘ladi. Byudjet kamomadi va inflyatsiyani o‘zaro bog‘liqligini ekonometrik tahlili shundan dalalot beradiki, elastiklikni mos koeffitsienti 0,65ni tashkil etdi, ya’ni, byudjet kamomadini bir darajada o‘sishi hisobot davrida ulgurji baholarni choraklar bo‘yicha o‘sishi sur’atlari indeksi o‘rtacha 0,65 daraja qo‘shimcha oshishiga olib keldi. Bunda olingan tenglama quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ldi:

Topilgan tenglama parametrlarini ko‘rsatishicha, byudjet kamomadi hisobot davrida inflyatsiya darajasi tebranishi jamining uchdan ikki qismini omili

hisoblanadi. Kolgan uchdan bir qismi esa xarajatlar o‘sishi va inflyatsiyani kutish omillariga to‘g‘ri kelgan.

Iqtisodiyotni inflyatsiya omili bilan hisoblanganda soliq yukini pasayishiga to‘g‘ridan – to‘g‘ri bog‘liqligi 2 – jadvalda keltirilgan. Olingan natijalarning ko‘rsatishicha turli ko‘rinishdagi soliq to‘lovlari uchun soliq yukini bir xil miqdorda pasayishi (YaIMga nisbatan 1% darajada) iqtisodiyotga turli to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi. YaIM real o‘sish sur’atlari 0,4 darjadan (QQS uchun) 1,1darajagacha (yuridik shaxslar daromadlaridan soliq) ortayapti. Mos ravishda o‘sish va eksportning boshqa indikatorlari ham o‘zgargan. Bulardan o‘z navbatida soliq tizimini isloh

UBI = 141.2 – 1.08 * KAMOMAD(-1); AR(1); AR(3); MA(2)

(0.49)

R^2=0.66; DW=1.8; F=9.1

BYUDJET SOHASINI TARTIBGA SOLIShNING MAKROIQTISODIY TENDESIYALARI VA OQIBATLARI

qilishga turli muqobil yondashuvlarni asoslash uchun foydalanish mumkin. Agar soliq tizimini o‘sishni rag‘batlantirishga ta’sirini oshirish talab etilsa asosiy urg‘u yuridik shaxslar daromadlaridan olinadigan soliq yukini pasaytirishga berilmog‘i kerak, chunki ular YaIM qisqa davrdagi dinamikasiga ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi. Asosiy vazifa eksport salohiyatini rivojlantirishni rag‘batlantirish, chetdan olib kelinayotgan tovarlarga soliq yukini pasaytirishga qaratilmog‘i lozim.

Soliq tizimini barcha variantlarida soliq yukini tenglashtirish, soliq ma’muriyatini takomillashtirish va soliqlar yig‘imi darajasini oshirish bo‘yicha choralarga bir vaqtda ustivorlik berilmog‘i lozim. Shunday holatda ikkita vazifani bir vaqtda yechish mumkin, ya’ni, ularning biri iqtisodiy barqaror o‘sishning zaruriy sharti hisoblangan soliq yukini pasaytirish bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchisi esa, keyingi yillarda erishilgan makroiqtisodiy barqarorlikka putur yetkazmaydigan byudjetni real xarajatlari o‘sishi bilan bog‘liqdir.

Xulosada samarali makroiqtisodiy tartibga solish strategiyasini ishlab chiqishda ekonometrik yondashuvlardan foydalanishning imkoniyatlari kengligini ta’kidlash joiz. Biroq uslubiy va ma’lumotlar xarakterida sezilarli chegaralanish mavjud. Faqat milliy statistikani byudjet – soliq ko‘rsatkichlarini qo‘shganda ham makroiqtisodiy dinamikani yillikdan choraklikka o‘tish orqali rivojlantirish, chegaralanishlarni bartaraf etadi, to‘g‘ridan – to‘g‘ri va egri o‘zaro aloqalarni to‘liq hisoblash imkonini beradi va milliy iqtisodiyotda sodir bo‘layotgan real o‘zgarishlarni to‘liq aks ettiruvchi yangi indikatorlar tuzishga sharoit yaratadi.

izoh: ushbu ko‘rsatkichlar ekonometrik modellar yordamida olingan.

 

 

Buxgalteriya va reja-moliya bo‘limi

Normurodov Akmal Soatmurodovich