+998 71 200 02 35

Buxoro viloyatida murojaatlar bilan ish olib boruvchi xodimlar uchun sayyor mashg'ulotlar o'tkazildi

10.07.2024 151

Yuristlar malakasini oshirish markazi Buxoro filiali tomonidan Buxoro viloyati sport boshqarmasi tizimidagi sport maktablarining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ish olib boruvchi mas’ul xodimlari uchun “Davlat organlari va tashkilotlarining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ish olib boruvchi xodimlari malakasini oshirish” qisqa muddatli o‘quv kursi tashkil etildi.

Dars mashg'ulotlari davomida tinglovchilar murojaatlarni ko‘rib chiqish sohasidagi davlat siyosatining maqsad va vazifalari, murojaat etuvchilar bilan ishlashda yuzaga keladigan nizolar va ularni boshqarish, kasbiy faoliyatda murojaatlar bilan ishlash sohasidagi vaziyatni tizimli nazorat qilish va monitoring olib borish bo‘yicha malakalarini oshiradilar.