+998 71 200 02 35

BMT TARAQQIYOT DASTURINING QOʻSHMA LOYIHASI

13.10.2021 2765

Yuristlar malakasini oshirish markazida BMT Taraqqiyot Dasturining “Oʻzbekistonda qonun ustuvorligini takomillashtirish yoʻlida hamkorlik” nomli qoʻshma loyihasining 2021-yil 30-sentyabrda nihoyasiga yetishi munosabati bilan xalqaro ekspert, doktor Madxava Rao bilan loyihani baholash uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda Markazning Xususiy-huquqiy fanlar kafedrasi mudiri, dotsent S.Maripova, Xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi Sh.Abdullayeva, boʻlim bosh mutaxassisi M.Koluseva hamda BMTTD vakillari ishtirok etdilar.

 

Markaz vakillari tomonidan kelgusida shu kabi loyihalarni koʻpaytirish hamda mediatsiyani rivojlantirish maqsadida birgalikdagi ishlarni davom ettirish boʻyicha takliflar berildi.

Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash joizki, mazkur loyiha boʻyicha 2014–2018-yillar davomida samarali ishlar amalga oshirilganligi bilan bir qatorda loyiha yaxshi baholanganligi sababli 2018-2021-yillarga moʻljallangan ikkinchi bosqichi ishga tushirilgan edi.