+998 71 200 02 35

Bayroq qabul qilingan kun munosabati bilan “Bayrogʻim - faxrim” shiori ostida huquqiy viktorina oʻtkazildi.

17.11.2023 528

Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan bir qator tadbirlar tashkil etilmoqda.

Jumladan, joriy yilning 17-noyabr kuni Markaz tinglovchilari uchun “Bayrogʻim - faxrim” shiori ostida huquqiy viktorina oʻyini oʻtkazildi. Unda tinglovchilar yurtimizning bir necha davrlariga tegishli bayroqlar haqidagi savollardan iborat viktorinada ishtirok etishib, oʻz bilimlarini sinovdan oʻtkazishdi. Eng faol va topqir ishtirokchilarga Markazning esdalik sovgʻalari topshirildi. Shuningdek, bayram kayfiyatini ulashish maqsadida, ularga mamlakatimiz bayrogʻi tarqatildi.