+998 71 200 02 35

Bayram tadbiri tashkil etildi

10.12.2024 652

Yuristlar malakasini  oshirish markazida  adolat va taraqqiyot qomusi – Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi

Tadbirni Markaz direktori  Yesemurat Sultamuratovich kirish so‘zi bilan ochib berib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi i qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan  jamoani tabrikladi.

Y.Kanyazov o‘z nutqida yangilangan Konstitutsiya jamiyatimiz hayotining barcha yo‘nalishlarini kompleks tartibga solish hamda mamlakatimizni demokratik rivojlantirish yo‘lida eng muhim huquqiy poydevor bo‘lishi barobarida, jamiyatni taraqqiy ettirishga, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari to‘laqonli ta’minlanishiga xizmat qilishini ta’kidlab o‘tdi.

Markazida  munosib mehnati bilan soha rivojlanishiga oʻz hissasini qoʻshayotgan bir guruh professor-oʻqituvchi va xodimlar, "ADLIYА A'LOCHISI" koʻkrak nishoni hamda "FAXRIY YORLIQ" bilan taqdirlandilar.