+998 71 200 02 35

AYOLLAR VA ERKAKLAR O'RTASIDA TENNIS MUSOBAQASI O'TKAZILDI

13.09.2024 648

Joriy yilning 13-sentabr kuni Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, xodimlar o‘rtasida sportni yanada ommalashtirish, ularning salomatligini mustahkamlash, sport bilan muntazam shug‘ullanishini rag‘batlantirish, jamoaviy va do‘stona muhitni shakllantirish maqsadida xotin-qizlar va erkaklar o'rtasida stol tennisi musobaqasi tashkil etildi.

O'yin natijlariga ko'ra ayollar o'rtasida g'oliblikni Devonxona mudiri Nigora Yunusova, erkaklar o'rtasida bosh mutaxassis Dilshodjon Muxiddinov qo'lga kiritdi.

Tanlov gʻolibi va ishtirokchilari diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.