“Olmos” konvension markazida joriy yilning 10-11 iyun kunlari AQSh Boston kolleji yuridik maktabi professori Joan Blum ishtirokida “Interfaol o‘qitish usullari” mavzusida tashkil etilgan 2 kunlik seminar-trening o‘z ishini yakunladi.
Amaliy mashgʻulotlar davomida andragogik ta’limni tashkil etishning o‘ziga xosligi, dars mashg‘ulotlarini samarali bo‘lishi uchun yangi interfaol ta‘lim usullarni qo‘llash, kattalarni o‘qitishda qayta aloqa va fikrlashning o‘rni kabi qator mavzularda maʼruzalar tashkil etildi.
Har bir maʼruza qiziqarli savol-javob va interaktiv usullarga boy tarzda oʻtkazildi. Unda barcha tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldi hamda hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.
Tashkil etilgan trening xodimlarning ushbu sohada malakalarini oshirish va xizmatda foydalanish uchun zarur manba bo‘lib xizmat qiladi.