+998 71 200 02 35

KASBIY KO’NIKMALARNI RIVOJLANTIRISH KAFEDRASI


 

Fayziev Xayriddin Sirojiddinovich 

Fayziev Xayriddin Sirojiddinovich, 1958-yil 20-sentabrda Navoiy viloyati Xatirchi tumanida tug‘ilgan.

1985-yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan.

2021-yildaDavlat boshqaruvi organlarida yuridik xizmat tizimining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish mavzusida yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)  dissertasiyasini yoqlagan.

2022-yil maydan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazning Kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.

U tomondan 1ta monografiya, 3 ta o‘quv va o‘quv-amaliy qo‘llanmalar, 30 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan.

2002-yilda “Shuhrat” medali, 2010-yilda “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlangan.

- - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - -

Shakurov Rafik Ravilyevich

Vazifalari

1967 yil 16-aprelda Samarqand viloyati Kattaqurg'on shahrida to'gigan. 1993 yilda O'zbekiston Respublikasi IIV Toshkent oliy maktabini tamomlagan. 1993-2011 yillarda O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasida jinoyat huquqi kafedrasi o'qituvchisi, jinoyat huquqi kafedrasi boshlig'ining o'rinbosari, kriminalistika kafedrasi boshlig'i lavozimlarida xizmat qolgan. 2003 yildaIjobiy xatti-harakatlarni jinoyat-huquqiy tartibga solish mavzusida nomzodlik dissertasiyasini yoqlagan, 2007 yillda dotsent ilmiy unvonga ega bulgan. 2012-2017 yillarda Toshkent davlat sharqshunoslik institute O'zbekistonda demokratik  jamiyat q'orish nazariyasi va amaliyotikafedrasi dotsenti lavozimida ishlagan. 2017-2018 yillarda Toshkent шаҳри “Adilov’s sons” advokatlik firmasida, so'ng “Advokat Rafik Shakurov” advokatlik byurosi advokati lavozimida ishlagan.2018 yil 7 sentyabrdan O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazida katta o'qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda.U tomondan bitta monografiya, to'qqizta o'quv va o'quv-amaliy qullanmalar, 50 ga yaqin ilmiy va ommabop maqolalar chop etilgan.

Elektron manzilshakurov.rafik.67@mail.ru

- - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - -

Raximov Doniyor Baxtiyaravich

Vazifalari

1972 yil 28-aprelda Xarezm viloyatining Xazorasp tumanida tug'ilgan.1994 yilda Toshkent Davlat yuridik institutini tamomlagan.1989 yildan 2004 yilgacha davlat muassasalarda ishlagan.1998 yilda "Aholiga yuridik xizmat ko'rsatishning fuqarolik-huquqiy muammolari" mavzusidagi nomzodlik dissertasiyasini himoya qilgan.2004 yildan 2009 yillar mobaynida Fuqarolik ishlari buyicha Xorazm viloyati sudining raisi lavozimida ishlagan.2019 yildan 2020 yilgacha - Yuristlar malakasini oshirish markazning Ta'lim jarayoni sifatini uslubiy ta'minlash, monitoring kilish va baholash bo'limi boshliqi lavozimida ishlagan.2020 yil 1-dekabrdan boshlab Yuristlar malakasini oshirish markazning kasbiy kynikmalarni rivojlantirish kafedrasi dotsenti  lavozimida ishlab kelmoqda. U tomondan 6 ta monografiya va risolalar hamda 100 dan ortiq ilmiy-ommabop maqolalari chop etilgan.

Elektron pochta manzili: raximov_doniyor72@mail.ru.

- - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - -

Vohidov Mahkam Mubinovich 

Vazifalari

1978 yil 10 sentyabr kuni Buxoro viloyatida tug‘ilgan.1999 yilda Toshkent Davlat yuridik institutining bakalavriat, 2001 yilda  magistratura bosqichlarini tamomlagan, yuridik fanlari nomzodi.1999 yil, 2001-2012 hamda 2019-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari tizimida turli lavozimlarda xizmat qilgan, adliya kichik maslahatchisi. 2007 yilda “O‘zbekiston aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv tizimining huquqiy muammolari va takomillashtirish y’ollari” mavzusida nomzodlik dissertaciyasini himoya qilgan.2014-2017 yillarda «Norma» kompaniyasida yurist-ekspert lavozimida ishlagan.2018-2019 yillarda «Uzsharobsanoat» davlat aksiyadorlik jamiyati kompaniyasining yuridik xizmati katta yuristi, son‘g yuridik xizmatining rahbari lavozimlarida ishlagan.

Elektron manzil: vohidov.mahkam@gmail.com

- - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - -

Raxmonov Zafar Zayniddinovich 

Raxmonov Zafarjon Zayniddinovich, 1995-yil 10-oktyabr kuni Navoiy viloyati Xatirchi tumanida tugʻilgan.

2015-2019-yillarda Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriat, 2020-yilda magistratura bosqichini tamomlagan.

2019-2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Huquqiy targʻibot va maʼrifat boshqarmasi 1-toifali ish yurituvchi kotib, katta maslahatchi 2020-2022-yillarda Adliya vazirligi Jamaotchilik bilan aloqalar boʻlimi bosh maslahatchisi lavozimlarida ishlagan.

2022-yil 1-apreldan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazida oʻqituvchi lavozimida ishlab kelmoqda.

U tomonidan 10 ga yaqin ilmiy, ommabop maqola va tezislar chop etilgan.

Elektron manzil: z.raxmanov95@mail.ru

- - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - -


Jumayev Shohjahon Begimqul o'g'li 

Jumayev Shohjahon Begimqul ogli, 1998-yil 12-avgustda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tugilgan.

2017-2021-yillarda Toshkent davlat yuridik universitetining bakalavriat, 2022-yilda Ozbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasining magistraturasi “Prokurorlik faoliyati” yonalishini tamomlagan.

2021-yilda Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani prokuraturasida katta nozir lavozimida ishlagan.

2022-yil avgust oyidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazida professor-oqituvchi lavozimida ishlab kelmoqda.

U tomondan 10ga yaqin ilmiy, ommabop maqola va tezislar chop etilgan.

Elektron manzil: shohjahon7474@gmail.com

- - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - -

Kafedra o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qaror va buyruqlari, Markaz Ustavi, Markaz Ilmiy kengashining qarorlari, Markaz direktorining buyruqlari, shuningdek, mazkur Nizomga amal qiladi. Kafedra faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan kelib chiqib, quyidagi fanlar, o‘quv kurslari va mavzular bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajriba hamda zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish asosida o‘quv, 

o‘quv-metodik, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-targ‘ibot ishlarini yuqori saviyada tashkil etilishini ta’minlaydi:

jinoyat huquqi;

kriminologiya;

jinoyat-ijroiya huquqi;

jinoyat-protsessual huquqi;

sud ekspertizasi;

korrupsiya muammolari;

sud va huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish;

advokatlik faoliyatini tashkil etish;

ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritish;

ma’muriy tartib-taomillar;

qonunchilik texnikasi va huquqni qo‘llash amaliyoti;

huquqiy madaniyat nazariyasi va amaliyoti;

axborot texnologiyalari huquqi;

raqamli iqtisodiyot va innovatsiyalar;

boshqaruv asoslari;

notiqlik mahorati; 

yuridik yozma nutq;

korrupsiyaga qarshi kurashish va ekspertizasi;

ijtimoiy fanlar;

yuridik etika;

aniq vaziyatlar tahlilida muammolarni aniqlash, ularni hal qilishning usullarini belgilay olish va kutilayotgan natijalarni baholay olishni, jamoadagi psixologik jarayonlarni va nizolarni hal etish texnologiyalari;

 

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash faoliyati.

Kafedra telefoni : (71) 234-52-39