1-qadam. Markaz tomonidan berilgan “Login” va “Parol” orqali tizimga kirib shaxsiy ma’lumotlar to’g’riligini tekshirish va shaxsiy profilni shakllantirish.
2-qadam. Umumiy qoidalar bilan tanishib chiqib tasdiqlash va tizimga buyurtmachi tashkilot tomonidan masofaviy o’quv kursiga jalb qilinganligi haqidagi buyruqning elektron nusxasini (jpeg,jpg) joylashtirish (buyruq administrator tomonidan 1 kun muddat ichida ko’rib chiqiladi va tizimda o’qishni boshlashga ruxsat beriladi).
3-qadam. Masofaviy o’qitish tizimini boshlash uchun kirish testini topshirish.
4-qadam. O’qish davomida mavzular yuzasidan tayyorlangan materiallar o’zlashtirib boriladi va modullar orasida test sinovlari o’tkaziladi.
5-qadam. Berilgan muddatda barcha modullar o’zlashtirilib bo’lgandan so’ng chiqish testi topshiriladi.
6-qadam. Imtihon maxsus dasturiy ta’minot yordamida masofadan turib real vaqt rejimida kompyuter orqali suhbat asosida qabul qilinadi (imtihon topshirish tartibi tizimning e’lonlar bo’limiga joylashtiriladi).