+998 71 200 02 35

YURISTLAR MALAKASINI OSHIRISH MARKAZIDA TA’LIM OLUVCHI TINGLOVCHILAR KONTINGENTI


Markaz ta’lim faoliyatini O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari qoidalari, davlat va jamiyat hayotini modernizasiyalash, sud-huquq tizimini takomillashtirish, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy 

va huquqiy sohalardagi islohotlarning yo’nalishlari va zamonaviy talablari asosida shuningdek, xalqaro standartlar va rivojlangan davlatlarning ilg’or tajribasini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan yurist kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishga qo’yiladigan davlat talablari asosida amalga oshiradi.

Mazkur Davlat talablariga binoan quyidagilar O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazida ta’lim oluvchi tinglovchilar kontingenti hisoblanadi:

adliya organlari xodimlari;

advokatura xodimlari;

davlat boshqaruv organlari va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar boshqa tashkilotlarning yuridik xizmati xodimlari (yuriskonsultlar);

patent vakillari;

axborot xizmati vakillari;

boshqa vazirlik, idora, tashkilot va muassasalar, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari xodimlari;

mediatorlar va h.k.

Markazda yurist kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish davlat organlari tizimi tuzilmasi:

 O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi.

O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.

Buyurtmachi tashkilotlar – Adliya organlari hamda advokatura, davlat, mahalliy hokimiyat va boshqaruvi organlari hamda tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, boshqa idora va tashkilotlar.

O’quv yuklamasining hajmi

 Qayta tayyorlash – Yurist kadrlarni qayta tayyorlashning muddati kamida 8 (288 soat) xafta qilib belgilanadi.

Malaka oshirish – Yurist kadrlar malakasini oshirishning muddati kamida 2 (72 soat) ikki xafta etib belgilanadi va ishdan ajralgan holda amalga oshiriladi.

Qonunchilikdagi yangiliklar va sud-huquq sohasidagi islohotlarning dolzarb masalalarini huquqni qo’llash amaliyotiga samarali tatbiq etish maqsadida buyurtmachi tashkilotlarning (Adliya organlari hamda advokatura, davlat, mahalliy hokimiyat va boshqaruvi organlari hamda tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, boshqa idora va tashkilotlar) talabi bo’yicha qisqa maxsus malaka oshirish kurslari tashkil etilishi mumkin.

 Markazda ta’lim oluvchi tinglovchilar kontingentiga qo’yiladigan qayta tayyorlash va malakasini oshirish talablari

 Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturida zamonaviy yurist javob berishi kerak bo’lgan talablar majmui belgilangan bo’lib, quyidagilar mutaxassisning yuridik faoliyatga tayyorlanganligining zarur va yetarli darajasini ta’minlaydigan asosiy (fundamental) talablar hisoblanadi:

Konstitusiya va qonunlarimizda belgilangan inson hamda fuqarolarning huquq va erkinliklari ustuvorligiga rioya kilish mahorati;

huquq normalarini to’g’ri tushunish, uni adolat prinsiplari asosida qo’llay bilish mahorati;

huquqiy madaniyat saviyasi va huquqiy tarbiya mahorati ko’nikmasi;

yuridik faoliyat jarayonida ishni adolatli hal qilish, insoniylik va qonuniylik omillarini ta’minlaydigan boshqa fazilat hamda shaxsiy sifatlar;

yuridik muammolarni xolislik bilan hal qilish va baholash mahorati.