Fan, innovasiya va ta’lim dasturlarini ishlab chiqish bo`limi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi faoliyatini yanada takomillashtirish to`g`risida”gi 2019 yil 27 iyundagi 531-son qarori bilan tashkil qilingan.
Bo`lim o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi va qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalarining qarorlari, Prezident farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, Adliya vazirligining qaror va bo`yruqlari, Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining malakali kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga taaluqli normativ-huquqiy hujjatlari, Markaz Ustavi, Ilmiy kengashi qarorlari, Markaz direktorining bo`yruqlari hamda Yuristlar malakasini oshirish markazi direktorining buyrug`i bilan tasdiqlangan Nizomiga amal qiladi.
Bo`lim Markazning tarkibiy tuzilmasining bo`g`ini hisoblanadi va uning tarkibi Markaz tuzilmasiga asosan belgilanadi.
Bo`lim tarkibi bo`lim boshlig`i va 1 nafar bosh mutaxassisdan iborat.
Bo`lim tashkil etilgan paytdan 2020 yil yanvar oyigacha bo`limga Jo`rayev Javlonbek Norboboyevich rahbarlik qilgan.
Hozirda bo`limga Xasanov Shavkatbek Xaybatullayevich rahbarlik qilmoqda.
Bo`lim Markaz direktori hamda direktorning o`quv-uslubiy va ilmiy ishlar bo`yicha birinchi o`rinbosariga bo`ysunadi.
BO`LIMNING MAQSADI:
Markazda ilmiy-tadqiqot ishlari va innovasion faoliyatning ustuvor yo`nalishlarini o`quv jarayoniga joriy etilishini hamda ta’lim dasturlarini ishlab chiqilishini ta’minlash.
BO`LIMNING ASOSIY VAZIFALARI:
Markazda qayta tayyorlash va malaka oshirish bo`yicha taqsimot rejaga ko`ra o`quv dasturlarini ishlab chiqish;
o`quv jarayonida o`quv dasturlarga rioya etilishini ta’minlash;
o`quv mashg`ulotlar jadvallarini tuzish;
o`quv mashg`ulotlarning hisobini yuritish;
o`qituvchilar tomonidan o`quv yuklamalarining bajarilishini nazorat qilish;
Markazda o`qitiladigan fan va mavzular bo`yicha imtihon, sinov va test savollarini tayyorlanishini ta’minlash;
Markaz professor-o`qituvchilar, doktorant va ilmiy izlanuvchilarning fan va innovasiya sohalaridagi tajribalarini o`quv jarayoniga tadbiq etilishini ta’minlash;
Markazga soatbay asosda ishga kiruvchilar bilan ishlarni tashkil etish;
qayta tayyorlash va malakasini oshirish bilan bog`liq ta’lim xizmatlari bo`yicha marketing faoliyatini rejalashtirish va amalga oshirish;
Bo`limga qonun hujjatlariga muvofiq hamda Adliya vazirligi va Markaz rahbariyati tomonidan vakolati doirasida qo`shimcha vazifalar yuklatilishi mumkin.
BO`LIM FAOLIYATINING YO`NALISHLARI:
Markazda qayta tayyorlash va malaka oshirish bo`yicha taqsimot rejasiga ko`ra ishlab chiqilgan o`quv dasturlarini tasdiqlatishni ta’minlash;
o`quv jarayonida o`quv dasturlarga rioya etilishini nazorat qilish;
o`quv mashg`ulotlar jadvallarini tuzish maqsadida tegishli vazirliklar va idoralar bilan ishlash;
kelib tushgan buyurtmalardan kelib chiqib, o`qitiladigan fan va mavzular bo`yicha mashg`ulotlar jadvallarini tuzish va o`rnatilgan tartibda tasdiqlatish;
Markazda o`qitiladigan fan va mavzular bo`yicha tayyorlangan imtixon, sinov va test savollarini umumlashtirish, sifatini aniqlash va o`quv jarayoniga joriy etish;
professor-o`qituvchilar (shu jumladan, soatbay asosda ishlayotganlar) tomonidan o`tilgan o`quv mashg`ulotlarning hisobini yuritish va umumlashtirish;
kafedralar tomonidan o`quv yuklamaning shakllanishi va bajarilishi bo`yicha hisobotlarni tayyorlash;
Markazda qayta tayyorlanuvchi va malakasini oshiruvchi tinglovchilar hisobini yuritish;
Markazning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini va innovasiya yutuqlarini o`quv jarayoniga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish;
fan, innovasiya va ta’lim dasturlari bo`yicha ekspertizani amalga oshirishni ta’minlash;
Markazda xalqaro, respublika, mintaqaviy, soxaviy ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va boshqa ilmiy tadbirlarni tashkil etish va o`tkazish.
Bo`limning telefon raqami: (+ 99871) 234-53-39