+998 71 200 02 35

Yuristlar malakasini oshirish markazida adolat va taraqqiyot qomusi – Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi

07.12.2023 950

Tadbirni Markaz direktori o‘rinbosari Kenja Islamov kirish so‘zi bilan ochib berib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi i qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan jamoani tabrikladi.

K.Islamov o‘z nutqida yangilangan Konstitutsiya jamiyatimiz hayotining barcha yo‘nalishlarini kompleks tartibga solish hamda mamlakatimizni demokratik rivojlantirish yo‘lida eng muhim huquqiy poydevor bo‘lishi barobarida, jamiyatni taraqqiy ettirishga, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari to‘laqonli ta’minlanishiga xizmat qilishini ta’kidlab o‘tdi.

Markazida munosib mehnati bilan soha rivojlanishiga oʻz hissasini qoʻshayotgan bir guruh professor-oʻqituvchi va xodimlar, "ADLIYА A'LOCHISI" koʻkrak nishoni hamda "FAXRIY YORLIQ" bilan taqdirlandilar.