+998 55 518 57 77

Yuridik ta’limda zamonaviy pedagogik yondashuvlar

16.10.2026 23

Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida “Yuridik kadrlarning malakasini oshirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llashni takomillashtirish masalalari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Konferensiya yuridik kadrlarning kasbiy rivojlanishida ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, o‘quv jarayoniga zamonaviy pedagogik yondashuvlarni tatbiq etish masalalariga bag‘ishlandi.

Mavzu doirasida nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmalar bilan uyg‘unlashtirish, tinglovchilarning mustaqil va tahliliy fikrlashini rivojlantirish hamda interfaol ta’lim usullaridan foydalanishning ahamiyatiga e’tibor qaratildi.

Mazkur konferensiya yuridik ta’limda tajriba almashish, ilg‘or yondashuvlarni ommalashtirish va malaka oshirish jarayonlarini zamon talablari asosida takomillashtirishga xizmat qiladi.