+998 71 200 02 35

YOSHLAR BILAN UCHRASHUV

04.10.2023 1043

“Yangi mehnat kodeksi bilan mehnat jamoalarida” aksiyasi doirasida joriy yilning 27-sentabr kuni Yuristlar malakasini oshirish markazi va Toshkent davlat yuridik universiteti professor-oʻqituvchilari ishtirokida Qashqadaryo viloyat yuridik texnikumida tahsil olayotgan yoshlar va o‘qituvchilar bilan ma‘rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda ta‘lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar, Yangi O‘zbekistonda yoshlarga qaratilayotgan e‘tibor va g‘amxo‘rliklar xususida atroflicha tushuntirishlar berildi.

Tadbir davomida Mehnat kodeksi loyihasini ishlab chiqish chogʻida oʻndan ortiq xalqaro tashkilot, jumladan, Xalqaro mehnat tashkilotining qator konvensiyalari, 60 dan ziyod davlat tajribasi oʻrganilgani, kodeks loyihasi Qonunchilik palatasida 1 yil davomida juda chuqur tahlil etilib, maromiga yetkazilgani qayd etildi.