+998 71 200 02 35

Yer toʻgʻrisidagi qonunchilik takomillashtirilishi va unda beligilangan yangi norma va qoidalarni, munosabatlarni huquqiy tartibga solish

03.11.2023 1201

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan hamkorlikda Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan joriy yilning 2-noyabr kuni turli darajadagi vazirlik, korxona, tashkilotlar, xoʻjalik birlashmalari mutaxassislari va xodimlari uchun yer toʻgʻrisidagi qonunchilik takomillashtirilishi va unda beligilangan yangi norma va qoidalarni, munosabatlarni huquqiy tartibga solish boʻyicha bilimlarini oshirishga qaratilgan davra suhbati tashkil qilindi.

Davra suhbati yuqoridagi tashkilotlar xodimlari ishtirokida, ular faoliyatidagi yerga oid munosabatlardagi kamchiliklarni aniqlash va bartaraf etish hamda qonunchilikka taklif berish yuzasidan tajriba almashish maqsadida onlayn va oflayn shaklda oʻtkazildi.