+998 71 200 02 35

Yaponiya davlati vakillari bilan Yuridik kadrlarni tayyorlash sifatini oshirish bo’yicha muzokaralar o’tkazildi.

20.05.2021 2501

O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Tashqi ishlar vazirligi ko’magida Yuristlar malakasini oshirish markazi va Yaponiya Adliya vazirligi huzuridagi ilmiy-tadqiqot instituti o’rtasida onlayn muzokaralar bo’lib o’tdi.

Unda Markazning xalqaro hamkorlik bo’limi boshlig’i Sh.Abdullayeva va bo’lim bosh mutahassisi M.Koluseva ishtirok etib, markazning asosiy yo’nalishlari, ish faoliyati, hamkorlik doiralari va imkoniyatlari yuzasidan chiqish qildilar.

Olib borilgan muzokaralar doirasida ikki tomonlama o’zaro manfaatli hamkorlikni yo’lga qo’yishga erilishib, kelgusida yuridik kadrlarni tayyorlash sifatini oshirish bo’yicha tajriba almashish yuzasidan hamkorlik kelishuvini imzolashga kelishib olindi.