+998 71 200 02 35

Yangi oʻquv yili uchun ustuvor rejalar muhokamasi

31.08.2021 2909

2021-yil 31-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi Ilmiy kengashining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi. 

Ilmiy kengash majlisi jonli shaklda oʻtkazilib, unda Markaz rahbariyati, professor-oʻqituvchilar, boʻlim boshliqlari va masʼul xodimlari ishtirok etishdi.

Yigʻilishda Markaz ilmiy kengashining 2020-2021 oʻquv yili yakunlari boʻyicha hisoboti hamda  kafedra va boʻlimlarining 2021-2022 oʻquv yiliga tayyorgarligi holati shuningdek, istiqboldagi vazifalari muhokama qilindi.

Majlisda kafedralar va boʻlimlar hisobot davrida oʻz ish faoliyatlari boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan atroflicha hisobot berishdi. 

Yigʻilishda Yuristlar  malakasini  oshirish  markazining  2020-2021-oʻquv  yilida oshirilgan ishlar samaradorligi tahlil qilindi, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha takliflar kiritildi hamda kelgusida bajariladigan ustuvor  vazifalar belgilanib olindi.