+998 71 200 02 35

Yangi memorandum keng imkoniyatlar va mas'uliyatli hamkorlik belgisi

28.05.2021 2592

2021 yil 28 may kuni O`zbekiston Milliy kutubxonasi hamda Yuristlar malakasini oshirish markazi o’rtasida hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan o’zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Unda O’zbekiston Milliy kutubxonasi O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi direktori v.v.b. A. Otajonov, Markazning Axborot-resurs markazi mudiri N. Karimova hamda O’zbekiston Milliy kutubxonasi direktori U. Teshabayeva, direktor o’rinbosari N. Xoldorova va kutubxona xodimlari ishtirok etdilar.

Ushbu memorandumning asosiy maqsadi tomonlar o’rtasida hamkorlik shartlari va yo’nalishlarini aniqlashdan iborat. Bunda ilmiy va madaniy-ma’rifiy loyihalarni birgalikda ishlab chiqish va amalga oshirish, kutubxona sohasidagi ishlarning ustuvor yo’nalishlarini aniqlash bo’yicha konsultativ maslahatlar berish, ilmiy-amaliy konferensiyalar va seminarlarda hamkorlik qilish va o’tkazish, hamkorlikda ko’rgazma ishlarini amalga oshirish hamda axborot-kutubxona sohasini takomillashtirish, tomonlar o’rtasida o’zaro manfaatli munosabatlarni o’rnatish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish, axborot texnologiyalari va kutubxona ishi sohasida eng yaxshi xalqaro tajribani o’rganish va amalga oshirish borasida hamkorlik nazarda tutilgan.

Tadbirda so’zga chiqqan, Yuristlar malakasini oshirish markazi direktori v.v.b. A. Otajonov – “Bugungi kunda barcha sohalar kabi yuridik sohaga, uning bilimlarini mustahkamlashga, mukammal o’rgnishga, targ’ib etishga katta ahamiyat qaratilmoqda. Markazimizning professor-o’qituvchlari, xodim va tinglovchilari uchun O’zbekiston Milliy kutubxonasi bilan tuzilgan o’zaro anglashuv memorandumi katta imkoniyatlar eshigini ochib beradi. Zero, hyech bir yuksalish kitob o’qimasdan, axborotga ega bo’lmasdan amalga oshirilmaydi”, – deya ta’kidladi.

 

O`z navbatida, O`zbekiston Milliy kutubxonasi direktori U. Teshabayeva esa, “Yuristlar malakasini oshirish markazi bilan kelishuv memorandumi ko’p yillardan buyon bo’lib kelayotgan hamkorlikning rasmiylashtirilishidir. Memorandum imzolanishining yaxshi bir tomoni hamkorlikdagi ishlarning davomiyligiga ishora” – ekanligni bayon qildi.