+998 71 200 02 35

#xalqaro_hamkorlik

09.02.2023 2239

Joriy yilning 9-fevral kuni Yuristlar malakasini oshirish markazi  rahbariyati va “Mintaqaviy muloqot” XNT bosh rahbari Myusha Sever, AQSH Davlat departamentining terrorizmga qarshi kurash Byurosi vakillari hamda AQSHning Dushanbedagi elchixonasi mas’ul xodimlari  oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvdan koʻzlangan asosiy maqsad -  “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash” sohasidagi qoʻshma loyihani amalga oshirishdan iborat.

Tomonlar istiqboldagi hamkorlik hamda qoʻshma loyiha boʻyicha masalalalarni muhokama etib olishdi.