+998 71 200 02 35

XALQARO HAMKORLIK DAVOM ETMOQDA

15.05.2023 1593

Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan xalqaro aloqalarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shunga ko‘ra Markaz yurist kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasida bir qator xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Jumladan, joriy yilning 15 may kuni Yuristlar malakasini oshirish markazi rahbariyati va Yaponiya Adliya vazirligining ilmiy-tadqiqot va ta’lim instituti bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tashkilotlar o‘rtasida kelgusidagi hamkorlik masalalari va loyihalar muhokama qilindi.

Shuningdek, “Tashkent Law Spring” III  Xalqaro Forumida ishtirok etish hamda Yuristlar malakasini oshirish markazi va Yaponiya Adliya vazirligining ilmiy-tadqiqot va ta’lim instituti o‘rtasida 2023–2025 yillarga mo‘ljallangan “Hamkorlik dasturi”ni imzolash marosimi bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi.