+998 71 200 02 35

VAZIRLIK MUTAXASSISLARI ISHTIROKIDA MAHORAT DARSI

05.11.2021 3077

Yuristlar malakasini oshirish markazi professor-oʻqituvchilari va xodimlari uchun oʻtkazilgan seminar-treningga Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha vazir maslahatchisi Shahnoza Soatova va Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi rahbari Sevara Oʻrinboyevalar taklif etildi.

 Seminar-treningda ilgʻor xorijiy tajribalarga asoslangan holda, axborotning qay darajada muhim ahamiyat kasb etishi, uchraydigan stereotiplar, koʻp tarqalgan xato va kamchiliklar haqida batafsil maʼlumot berildi. Shuningdek, videodarslarni efirga olish jarayonida videokamera oldida oʻzini tutish koʻnikmalari hamda ommaviy axborot vositalariga intervyu berish texnologiyasi yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.

 Unumli va qiziqarli oʻtgan treningda ishtirokchilarga oʻquv mashgʻulotlari uchun tayyorlanadigan materiallarni vizuallashtirish, ularni tayyorlashda qoʻshimcha maʼlumotlardan foydalanish va efirga taqdim etishning oʻziga xos xususiyatlari haqida ham alohida toʻxtalib oʻtildi.

 

 Seminar-trening savol-javob tarzida muhokamalarga boy boʻlib, qiziqarli taqdimotlar asosida tashkillashtirildi.