Davlat xizmatchilarining huquqiy bilimlarini oshirish, ular oʻz faoliyatini amalga oshirishda fuqarolarning huquq va erikinliklarini samarali ta’minlashiga erishish maqsadida Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan davlat tashkilotlari xodimlarini oʻqitish ishlari tashkil qilingan. Mazkur mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun oʻquv dasturi hamda materiallar bazasi shakllantirilgan.
2022-yilning 29-avgust–8-sentyabr kunlari boʻlib oʻtadigan navbatdagi kurslarimiz Jizzax, Sirdaryo va Samarqand viloyatlari turli tashkilotlar rahbar va xodimlari uchun
Mehnat qonunchiligi va mehnat munosabatlari;
Ijro intizomini ta’minlash, shu jumladan “ijro.gov.uz” tizimida ishlash masalalari;
Davlat organlari va tashkilotlarining jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash masalalari;
Shartnomaviy-huquqiy munosabatlar. Majburiyatlarni bajarish masalalari
mavzulari boʻyicha boshlandi.