Yoshlar orasida huquqbuzarlikning salbiy oqibatlari bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borish maqsadida, Yuristlar malakasini oshirishm markazi kafedra dotsenti Rafik Shakurov ishtirokida Andijon viloyati Buloqboshi tumani "Shifokor" bolalar oromgohida hamda Andijon tumani "Bog‘ishamol" bolalar sog‘lamlashtirish oromgohida jinoyat va ma’muriy huquqbuzarlikning oqibatlari bo‘yicha tushuntirish ishlari tashkil etildi.
Shuningdek, “Men jinoyatchilikka qarshiman” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazilib, eng yaxshi insho yozgan 1, 2 va 3 o‘rinlarni egallagan yoshlar sovg‘alar bilan rag‘batlantirildi.