Yuristlar malakasini oshirish markazi kafedra dotsenti Rafik Shakurov tomonidan Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyati Sog'liqni saqlash boshqarmasi, TTB va ixtisoslashgan davolash muassasalari hamda shifoxonalari xodimlari uchun “Halollik vaksinasi” tamoyili asosida “Korrupsiyaga qarshi kurashish”, “Manfaatlar toʻqnashuvi” va “Odob-axloq qoidalari” boʻyicha qisqa muddatli sayyor oʻquv kurslari bo'lib o'tdi.