+998 55 518 57 77

SHHT mamlakatlari yuridik oliy ta’lim muassasalari assotsiatsiyasi forumi bo‘lib o‘tdi

30.06.2026 44

Qirg‘iziston Respublikasining Bishkek shahrida “SHHT tashabbuslarini amalga oshirishda yuridik oliy ta’lim muassasalari assotsiatsiyasining roli” mavzusida SHHT mamlakatlari yuridik oliy ta’lim muassasalari assotsiatsiyasi forumi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur nufuzli xalqaro forumda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti vakillari ham ishtirok etdi.

Xususan, Institut direktorining birinchi o‘rinbosari R. Xursanov “SHHT makonida yuridik kadrlar tayyorlash: yangi yondashuvlar, raqamlashtirish va xalqaro hamkorlik” mavzusida ma’ruza bilan qatnashib, yuridik ta’limni modernizatsiya qilish, raqamli texnologiyalarni joriy etish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha O‘zbekiston tajribasini taqdim etdi.

Shuningdek, Institut o‘qituvchisi M.Yoqubjonov forum tadbirlarida faol ishtirok etib, SHHT davlatlari yuridik ta’lim muassasalari o‘rtasidagi ilmiy va akademik hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan fikr almashdi.

Forum doirasida yuridik ta’limni rivojlantirish, ilm-fan va amaliyot integratsiyasi, intellektual mulk, sun’iy intellekt, investitsiya huquqi hamda SHHT mamlakatlari o‘rtasidagi akademik hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Malaka oshirish kurslari haqida ma‘lumot olish uchun telegram kanalga obuna bo‘ling.

Ro‘yxatdan o‘tishga ulgurib qoling
+998 55 518-47-77
+998 91 191-47-84