+998 71 200 02 35

#Samarqand

02.12.2022 2183

Ma'lumki, Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan adliya organlari xodimlarining kasbiy bilim, koʻnikma va malakalarini muntazam ravishda yangilab borishlari maqsadida UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANTIRISH PLATFORMASI joriy etilgan.

Mazkur yangi paltforma (mk.uzmarkaz.uz) haqida atroflicha ma’lumot berish maqsadida, Markaz rahbariyati boshchiligida bir guruh mutaxassislar ishtirokida Samarqand viloyati adliya boshqarmasi, DXM, FHDY boʻlimi hamda yuridik markaz xodimlari uchun sayyor vebinar tashkil qilindi. 

Ma’lumot uchun: mazkur platforma yordamida xodimlar uchun oʻz individual trayektoriyasi boʻyicha onlayn malaka oshirish imkoniyatlari yaratiladi.

Bir yil davomida mazkur platformada bir vaqtning oʻzida barcha adliya organlari xodimlari malakasini oshirishi mumkin.