Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi shifokor xodimlari uchun navbatdagi “Muloqot psixologiyasi va korrupsiyaga qarshi kurash” boʻyicha qisqa muddatli masofaviy malaka oshirish kursi boʻlib oʻtdi.
Oʻquv kursi davomida xodimlar korrupsiya, uning shakllari, idora darajasida mazkur illatga qarshi kurashish, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va ularning oldini olish, manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish va ularni tartibga solish yuzasidan oʻz vaqtida chora-tadbirlarni koʻrishi, korrupsiya huquqbuzarliklari uchun milliy qonunchilikda belgilangan javobgarlik choralari kabi mavzularda oʻz bilim va malakalarini oshirishdi.