+998 71 200 02 35

QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGIDA SAYYOR MASHG'ULOTLAR TASHKIL ETILDI

24.10.2024 707

O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida Yuristlar malakasini oshirish markazi professori, yu.f.d. (DSc) Doniyar Raximov tomonidan “Ijro intizomini ta’minlash, shu jumladan “ijro.gov.uz” tizimida ishlash masalalari” bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmoni yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar, xususan,  ijro.gov.uz ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimidagi kiritilgan o‘zgarishlar batafsil tushuntirib o‘tildi.