Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayrami munosabati bilan Adliya vazirligi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Toshkent shahrining “Sayilgoh” koʻchasi va barcha hududlarning markaziy koʻchalarida “Konstitutsiya koʻchasi” tashkil etildi.
Tadbirda Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan fuqarolarning huquqiy bilim va koʻnikmalarini yanada mustahkamlash maqsadida Konstitutsiya burchagi” tashkil etildi.
Shuningdek davlat tashkilotlari va fuqarolarga markaz faoliyati hamda oʻquv kurslar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.