+998 55 518 57 77

Olti oylik qayta tayyorlash kurslariga talabgorlardan hujjatlarni qabul qilish jarayonlari yakunlandi.

13.11.2026 34

Masofaviy ta'lim shaklida tashkil etiladigan Oliy ma'lumotga ega bo‘lgan shaxslarni yuridik mutaxassislik bo‘yicha qayta tayyorlash kurslariga o‘tkazilgan qabul yakunlariga ko‘ra jami 490 nafar talabgor hujjat topshirdi.

Keyingi bosqich — Suhbat:
Kirish imtihonlari suhbat shaklida o'tkaziladii.

Imtihonda quyidagilarga e’tibor qaratiladi:
Yuridik kasbni tanlash sabablari va asoslantirilishi;
Huquq sohasidagi tayanch bilimlar;
Tahliliy fikrlash darajasi.

Kirish imtihoni kunlari Institutning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida e’lon qilinadi hamda sayt orqali hujjat topshirishda talabgorlar tomonidan ko‘rsatilgan telefon raqamlariga xabar berish orqali ma’lum qilinadi.