+998 71 200 02 35

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) mintaqaviy vakillari malakasini oshirish

14.03.2022 2447

Yuristlar malakasi oshirish markazida “Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) mintaqaviy vakillari malakasini oshirish” qisqa muddatli oʻquv kursi mashgʻulotlari boshlandi.

Mazkur kursning asosiy maqsadi: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) mintaqaviy vakillarining oʻz xizmat majburiyatlarini samarali bajarish hamda kasbiy malaka va koʻnikmalarni shakllantirishdan iborat.

Oʻquv mashgʻulotlariga Adliya vazirligi, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) hamda boshqa turdosh oliy taʼlim muassasalarining yetakchi mutaxassislari jalb qilingan.

Eslatib oʻtamiz, Davlat rahbarining 2021-yil 10-sentyabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq, shu kungacha jamoatchilik asosida ishlab kelgan Ombudsmanning miintaqaviy vakillari 2022-yilning 1-yanvaridan doimiy asosga oʻtkazildi.