+998 71 200 02 35

Oyning eng yaxshi xodimi

07.01.2020 4207

Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazida “Oyning eng yaxshi xodimini aniqlash tartibi toʼgʼrisida” gi Nizom talablariga muvofiq “Oyning eng yaxshi xodimi” tanlovi gʼolibi aniqlandi.

Markazning “Oyning eng yaxshi xodimini aniqlash Komissiyasi” tomonidan, erishilgan yuqori natijalari, jamoat ishlarida faol ishtiroki va Markazda tashkil etilgan ishlarning samaradorligi, sifati hamda miqdorini inobatga olib, 2019 yilning dekabrь oyida “Oyning eng yaxshi xodimi” deb Markaz jinoyat-huquqiy fanlar kafedrasi dotsenti yuridik fanlar nomzodi Shakurov Rafik Ravilьevich topildi.

Shakurov Rafik Ravilьevichni Yuristlar malakasini oshirish markazi jamoasi samimiy tabriklab, uning kelgusidagi faoliyatida omad va muvafaqiyatlar tilaydi.