+998 71 200 02 35

"Oila mediatsiyasi” kuchaytirilmoqda

01.12.2023 901

Mahalla raislari va xotin-qizlar faollarining mediatsiya usulini qoʻllash sohasidagi bilim va malakalarini oshirish maqsadida, Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan “Oila mediatsiyasi” boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslari doirasida Markaz dotsenti Sevarxon Maripova va kafedra o'qituvchisi, psixolog Dilbar Xojimuxamedovalar ishtirokida Samarqand viloyatidagi оilaviy ajrim koʻrsatkichi yuqori boʻlgan fuqarolar yigʻinlari xodimlari uchun oʻquv-seminari tashkil etildi. 

Unda viloyat adliya boshqarmasi, viloyat xotin-qizlar qoʻmitasi, tuman hokimligi xotin-qizlar boʻlimi hamda mahalla fuqarolar yigʻini xotin-qizlari faollari ishtirok etishdi.