Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan 2022-yil 16-fevral kuni vazirlik va idoralarning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchilari uchun “Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini lingvistik ekspertizadan oʻtkazish” mavzusida amaliy seminar boʻlib oʻtdi.