+998 71 200 02 35

"NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTLARI FAOLIYATINING HUQUQIY ASOSLARI" MAVZUSIDA SEMINAR-TRENING TASHKIL ETILDI

17.10.2022 2393

2022-yil 17-oktabr kuni Yuristlar malakasini oshirish markazi Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining huquqiy asoslari” mavzusida seminar-trening oʻtkazildi.

Unda Yuristlar malakasini oshirish markazining professor-oʻqituvchilari, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasining hududiy boʻlinmalari xodimlari hamda viloyatlarda faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari ishtirok etishdi.

Seminarda nodavlat notijorat tashkiloti faoliyatining iqtisodiy asoslari, nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik hamda nodavlat notijorat tashkilotlarining intellektual mulk sohasiga aloqador nizoli masalalar va ularni hal etish tartibi Yuristlar malakasini oshirish markazining malakali professor oʻqituvchilari tomonidan batafsil tushuntirib oʻtildi.

Seminar davomida NNTlar va ularning faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarning huquqiy yechimlari, ularni qonuniy bartaraf etish masalalari ham qizgʻin muhokama qilindi. Va oʻz navbatida respublikamizning turli hududlaridan onlayn tarzda ishtirok etayotgan nodalvat notijorat tashkilotlari vakillari oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob olishdi.

Ma’lumot uchun, 2022-yil mart oyida Yuristlar malakasini oshirish markazi va OʻzNNTMA oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolangan. Masofaviy va an’anaviy tarzda oʻtgan mazkur seminar trening Memorandumda belgilangan vazifalardan kelib chiqib, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarining huquqiy bilimlarini yanada oshirish, qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor qilish maqsadida tashkil etildi.