2021-yil 31-avgust kuni Mustaqillikning 30 yilligiga bagʻishlangan anjumanda, Yuristlar malakasini oshirish markazi bir guruh professor-oʻqituvchilari va xodimlari “Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandilar.
2021-yil 1-sentyabr – “Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yillik” bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni yuqori saviyada oʻtkazish, Markazda faoliyat yuritib kelayotgan, samarali mehnati, erishilgan yuksak natijalari hamda yuklatilgan vazifalarni masʼuliyat va vijdonan bajarayotgani uchun Markaz xodimlari xizmatlarini eʼtirof etish va munosib taqdirlash maqsadida, Markazning turli tizimlarda faoliyat yuritib kelayotgan masʼul xodimlar “Faxriy yorliq”bilan mukofalatlandi. Shuningdek, fidokorona va faol mehnati uchun bir guruh xodimlarga tashakkurnoma eʼlon qilindi.
“Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni, Mustaqilligimizning 30 yillik bayrami munosabati bilan “Faxriy yorliq” va “Tashakkurnoma” bilan mukofotlangan hamkasblarimizni samimiy tabriklaymiz