Bugun Markazning malaka oshirish kurslari tinglovchilari uchun Fuqarolik ishlari boʻyicha Toshkent shahar sudi sudyasi Yoriyev Anvar Komilovich ishtirokida “Fuqarolik sudlariga murojaat qilish shakllari va ishlarni koʻrish tartibi” mavzusida oʻquv mashgʻulotlari boʻlib oʻtdi.
Oʻquv mashgʻulotlari davomida fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar tizimi, mazkur sudlarda arizalarni koʻrib chiqish va hal qilish tartibi, bosqichlari, sudlarga topshiriladigan arizalarni tuzish, ularning namunalari, sudlarga toʻlanadigan davlat boji miqdorini aniqlash tartibi haqida amaliyotdan misollar bilan atroflicha tushuntirishlar berildi.
Tinglovchilar fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar faoliyatiga oid oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.