+998 71 200 02 35

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori ishtirokida dars mashg‘uloti tashkil etildi

24.07.2024 68

Yuristlar malakasini oshirish markazida malaka oshirayotgan tinglovchilar uchun Markaz professor-o'qituvchilari bilan bir qatorda, Respublikaning yetuk amaliyotchi mutaxassislari tomonidan mashg'ulotlar o'tkazilishi yo'lga qo'yilgan.

Markazda malaka oshirayotgan "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ xodimlari uchun Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov tomonidan "Korrupsiyaga qarshi “komplaens-nazorat” tizimining kelib chiqishi, uning elementlari va asosiy yo‘nalishlari" mavzusida o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.

 Dars mashg‘uloti qizg'in bahs-munozara shaklida olib borilib, unda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat (komplaens) tizimining maqsadi va ahamiyati, korrupsiyaga qarshi kurashishning muhim tamoyillari, korrupsiyaviy xavf-xatarni aniqlash va baholash, tashkilotning korrupsiyaga qarshi siyosati to‘g‘risida xodimlar va uchinchi shaxslarning xabardorligini ta’minlash va sohaga oid boshqa mavzular yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Tinglovchilar o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javoblar olishdi.