+998 55 518 57 77

Kasbiy rivojlanish kompetensiyalarini oshirishga qaratilgan malaka oshirish kurslari muvaffaqiyatli yakunlandi

19.06.2026 45

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparati boshqarma boshliqlari hamda hududiy adliya organlari rahbarlarining o‘rinbosarlari uchun tashkil etilgan “Kasbiy rivojlanish kompetensiyalarini oshirishga qaratilgan qisqa muddatli malaka oshirish” kurslarining 3-guruhi o‘quv mashg‘ulotlarini muvaffaqiyatli yakunladi.

Kurs davomida tinglovchilar zamonaviy boshqaruv, liderlik, strategik rejalashtirish, samarali muloqot hamda kasbiy faoliyatni yanada takomillashtirishga qaratilgan bilim va ko‘nikmalarini mustahkamladilar.

O‘quv mashg‘ulotlar yakunida kurs dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.